Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi

Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi Kompaniyani boshqarishning oliy organi hisoblanadi.

Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig'ilishi Kompaniya Ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko'pi bilan olti oy ichida o'tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig'ilishida Kompaniyaning yillik hisoboti hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'zda tutilgan boshqa hujjatlar ko'rib chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishidan tashqari o'tkaziladigan umumiy yig'ilishlari navbatdan tashqari yig'ilish hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana va uni o'tkazish tartibi, yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro'yxatini Kompaniyaning Kuzatuv kengashi belgilaydi.

Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • Kompaniya Ustaviga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki Kompaniyaning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash;
  • Kompaniyani qayta tashkil etish;
  • Kompaniyani tugatish, tugatuvchini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • Kompaniya kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a'zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to'xtatish;
  • e'lon qilingan aksiyalarning eng ko'p miqdorini belgilash, shuningdek e'lon qilingan aksiyalar bilan bog'liq Kompaniyaning Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;
  • Kompaniyaning Ustav fondini kamaytirish va ko'paytirish;
  • Kompaniya taftish komissiyasining a'zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to'xtatish;
  • auditorlik tekshiruvi o'tkazish to'g'risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish;
  • Kompaniyaning yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvarag'ini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
  • Kompaniya kuzatuv kengashining o'z vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan, Kompaniyani boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish;
  • aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo'llamaslik to'g'risida, ular ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda, qaror qabul qilish;
  • Aksiyadorlar umumiy yig'ilish reglamentini tasdiqlash;
  • aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
  • yirik bitimlarni, chunonchi quyidagi bitimlarni tuzish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • tuzilishidan Kompaniya kuzatuv kengashining a'zosi, Kompaniyaning o'zga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, o'zining tobe (affilirlangan) shaxsi bilan birgalikda Kompaniya ovoz beruvchi aksiyalarining 20 yoki undan ko'proq foiziga ega bo'lgan aksiyador (aksiyadorlar) manfaatdor bo'lgan bitim tuzilishi haqida qaror qabul qilish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Kompaniya Ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.

Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi to'g'risidagi nizom