Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Kuzatuv Kengashi

Kompaniyaning Kuzatuv kengashi Kompaniya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, qonun hujjatlari bilan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

Kuzatuv kengashi:

  • Kompaniya faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilashga;
  • Kompaniya aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
  • aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlashga;
  • aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sanani belgilash;
  • aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun va umumiy yig'ilishda qatnashish huquqiga ega bo'lgan Kompaniya aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasini belgilash, hamda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq masalalarni hal qilish;
  • aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hal qilishi uchun Kompaniyani qayta tashkil etish, Kompaniyaning yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zarar hisobvaraqlarini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash to'g'risidagi masalalarni kiritishga;
  • Kompaniya Ustaviga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish (yoki yangi tahrirdagi Ustavni tasdiqlash) hamda auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalarini aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi muhokamasiga kiritishga;
  • aksiyalarning nominal qiymatini ko'paytirish yoki e'lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida aksiyalarni joylashtirish yo'li bilan Kompaniya Ustav fondi miqdorini ko'paytirish hamda Ustav fondini ko'paytirish va e'lon qilingan aksiyalarning eng ko'p miqdorini joylashtirilgan aksiyalar mikdoriga kamaytirish bo'yicha Ustavga tegishli o'zgartirishlarni kiritishga;
  • obligatsiyalar va qimmatli qog'ozlarni joylashtirishga;
  • e'lon qilingan aksiyalar soni va turlari doirasida qo'shimcha aksiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilishga, qimmatli qog'ozlar emissiyasi ma'lumotnomasini tasdiqlashga;
  • emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilishga;
  • mol-mulkning bozor qiymatini aniqlashga;
  • qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida Kompaniya tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olishga;
  • Kompaniya ijro etuvchi organinini (bosh direktorni) ishga yollashga, shuningdek uning vakolatini muddatidan ilgari tugatishga, uning ish tartibini belgilashga;
  • Kompaniya nomidan ijro etuvchi organni (bosh direktorni) ishga yollash to'g'risida mehnat shartnomasi tuzishga va uning muddatini uzaytirishga, shartnoma shartlari va qoidalarini belgilashga;
  • Ijro etuvchi organ (bosh direktor) bilan tuzilgan shartnomani, u shartnoma shartlarini buzgan taqdirda yoki uning harakatlari tufayli Kompaniyaga zarar yetkazilgan bo'lsa, muddatidan ilgari bekor qilishga;
  • Kompaniyaning ijro etuvchi organi tomonidan ishlab chiqilgan yillik biznes-rejani tasdiqlash;
  • ijro etuvchi organga (bosh direktorga) to'lanadigan haq va badallar miqdorini belgilashga;
  • Kompaniya taftish komissiyasi a'zolariga to'lanadigan haq hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;
  • aksiyalar bo'yicha dividendlar va ularni to'lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berishga;
  • Kompaniyaning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanishga;
  • korporativ maslahatchini tayinlashga, agar Kompaniyada ushbu lavozimni kiritish zaruriyati tug'ilsa;
  • ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;
  • Kompaniyaning filiallarini tashkil etish hamda vakolatxonalarini ochishga;
  • Kompaniyaning sho'ba, tobe va qo'shma korxonalarini tashkil etishga;
  • «Aksiyadorlik Kompaniyalari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya   qilish   to'g'risida»gi   O'zbekiston Respublikasi Qonunining VIII bo'limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sotib olish va uni tasarrufdan chiqarish bilan bog'liq yirik bitimlar tuzishga;
  • «Aksiyadorlik Kompaniyalari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya   qilish   to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining IX bo'limida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishidan manfaatdorlik bo'lgan bitimlarni tuzish to'g'risida qaror qabul qilishga;
  • Kompaniyaning boshqa xo'jalik Kompaniyalaridagi ishtiroki bilan bog'liq bitimlar tuzishga;
  • Kompaniyaning ijro etuvchi organi faoliyatiga taalluqli har qanday hujjatlarda moneliksiz foydalanishga hamda kuzatuv kengashiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni ijro etuvchi organdan talab qilib olishga. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi faqat xizmat maqsadlarida foydalanadi;
  • Kompaniya Ustavi bilan kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilishga haqlidir.

Kuzatuv kengashining vakolatiga quyidagi vazifalar ham kiradi:

  • amalga oshirilayotgan bitimlar bo'yicha ijro etuvchi organ qarorlarini, shuningdek ishlab chiqarish-tijorat faoliyati rejalarini nazorat qilish;
  • bosh direktor va bosh direktor tomonidan tayinlangan mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish;
  • ichki audit xizmati hisobotini eshitish va tekshiruv yuzasidan tegishli topshiriqlarni berish;
  • Kompaniya fondlarining tarkibini, belgilangan maqsadini, miqdorini, ularni shakllantirish manbalarini tasdiqlash.

Шахснинг Ф.И.Ш. ёки ишончли бошқарувчининг тўлиқноми

Иш жойи

Жойи

Лавозим

1.

Эгамбердиев Жамшид Шарифжонович

Ўзбекистон Республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги

Вазир ўринбосари

2

Якубов Мунир Муродович

«Portfolio Investments»МЧЖ

Директор

3.

Хасанов Назиржон Набижанович

АК «Узбектелеком»

Бош Директор

4.

Махмудов Махсум Мубаширович

UNICON.UZ

Бош Директор

5.

Бахромов Искандар Машрабович

«Mosaic Financial»

Таҳлилчи

6.

Мансуров Рустам Пулатович

Электромагнит мослашув маркази

Бошлиқ

7.

Рахматов Хасан

Ўткирович

АЖ “АЛОҚАБАНК”

Бошқарув Раиси Уринбосари

8

Бадалбоев Шерзод Алижон ўғли

«Mosaic Financial»

Фронт офис бошлиғи

9.

Иминов Тохиржон Каримович

Нафақахўр

-

 


Положение о Наблюдательном совете