Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Direktorlar Kengashi

Direktorlar kengashi Kompaniyaning ichki siyosatini belgilash va yo’lga qo’yish uchun salohiyatli sug’urtalanuvchilar talabiga javob beradigan sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etish bo’yicha tuzilmaviy bo’linmalarning kuchlarini birlashtirish maqsadida tuzilgan Kompaniya organi hisoblanadi.

Direktor kengashi rais va a'zolardan iboratdir. Direktorlar kengashi tarkibiga Bosh direktor, uning o'rinbosarlari va tuzilmaviy bo'linmalar direktorlari kiradi.

Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • sug'urta xizmatlarini taqdim etish, yangi sug'urta mahsulotlarini yaratish va joriy etish bo'yicha Kompaniyaning tuzilmaviy bo'linmalarini asosiy faoliyatini belgilovchi masalalarni ko'rish;
  • Kompaniyaning hududiy bo'linmalarini daromad va harajatlari smetasini tasdiqlash;
  • Direktorlar kengashi faoliyatini aniqlovchi hujjatlarni ko'rib chiqish va tasdiqlash;
  • Kompaniyaning tuzilmaviy bo'linmalari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bilan bog'liq boshqa masalalarni hal etish.

Masalalarni ko'rib chiqish va hal etishda Direktorlar kengashi Kompaniya aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi hamda buyruq va boshqa ichki me'yoriy hujjatlarga amal qiladi.