Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi departamenti

Direktor: Kalinin Sergey Viktorovich

Departamentning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Kompaniyaning axborot texnologiyalariini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
  • Kompaniya faoliyatining yo'nalishlari va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi axborot-texnologik tizimni joriy qilish;
  • axborot xavfsizligi sohasida Kompaniyaning yagona siyosatini shakllantirish va takomillashtirish;
  • umuman Kompaniya faoliyatini axborot xavfsizligi bilan ta'minlash;
  • axborot xavfsizligi sohasida Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari faoliyatini nazorat qilish.
Departamentning funksiyalari quyidagilar:

  1.   Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga oshirish maqsadida Departament quyidagilarni amalga oshiradi:
    • Kompaniyani yagona boshqarish tizimi doirasida Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalarini axborotlashtirish konsepsiyasi ni ishlab chiqadi va amalga tadbiq etadi;
    • Kompaniya buyurtmalarini shakllantirish, dasturiy, texnik vositalar va ketadigan materiallarni olish uchun shartnoma loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, axborot texnologiyalari bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishda Kompaniya nomidan vakil bo'lib chiqadi va ularni bajarilishini nazorat qiladi;
    • axborot, avtomatlashtirilgan va axborot hisoblaydigan tizim va tarmoqlarni, periferiyadagi uskunalarni ish faoliyatini tashkillashtiradi va ta'minlaydi;
    • boshqaruvni avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalaridan foydalanish bo'yicha axborotlashtirish, direktiv va uslubiy hujjatlar sohasida texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo'nalishlari haqida takliflarni ishlab chiqadi;
    • Kompaniya xizmatlarini samarali ko'rsatish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish masalalari bo'yicha yetakchi tajribani o'rganish va tahlil qilish;
    • yangi axborot texnologiyalarini - sug'urta sohasida yangi xizmatlarni yaratish uchun loyihalarni amalga oshirish.
  2. Axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida Departament quyidagilarni amalga oshiradi:
    • Kompaniyaning axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va takomillashtirish;
    • axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq qilish bo'yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
    • zamonaviy axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasida texnik vositalarni joriy qilish masalalari bo'yicha yetakchi tajribani umumlashtirish, o'rganish va tahlil qilish;
    • o'z vakolati doirasida Kompaniya tarkibiy bo'linmalarida axborot, avtomatlashtirilgan va axborot hisoblaydigan tizim va tarmoqlar, ma'lumotlar bazasi va banki, bu ishlarni axborot xavfsizligini nazorati va darajasini ta'minlashning tashkiliy-metodologik tizimini tashkil qilish va takomillashtirish jarayonini ishlab chiqish va foydalanish;
    • axborot xavfsizligini oshirish usullariga Kompaniya xodimlarini o'qitish, instruktaj o'tkazsih va Kompaniya xodimlari tomonidan axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirishda amaliy ko'nikmalari va bilimlarini nazorat qilish;
    • Kompaniya manfaatlari, hamda Kompaniya axborot resurslari yo'lida axborotning fosh etilishi, yo'qotilishi, buzilishi, qalbakilashtirilishi va yo'q qilinishi zararini oldini olish bo'yicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar kompleksini o'tkazish;
    • aloqa vositalari orqali yuboriladigan axborot, shu jumladantijorat siri hisoblanmish ma'lumotlarning muhofazsini tashkillashtirish va ta'minlash;
    • elektron hujjat almashishda xavfsizlikni ta'minlash;
    • axborot xavfsizligi siyosatining ichki korporativ holatini nazorat qilsh;
    • axborot xavfsizligi sohasida Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari ustidan nazorat qilish va ichki ekspertizani o'tkazish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (100)
Elektron pochta: s.kalinin@alskom.uz