Direktor: v.v.b. Ivonin Sergey Viktorovich
Departamentning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
- Kompaniya sug'urta faoliyatini tashkillashtirish va rivojlantirish bo'yicha uslub va metodologiyasini belgilash;
- Kompaniya tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifatini yaxshilash;
- sug'urta bozorida Kompaniya o'rnini kuchaytirish va imidjini oshirish;
- Kompaniyaning amaliy va samarali marketing siyosatini olib borish;
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
- Metodologiya bo'yicha:
- Kompaniya sug'urta xizmatlrini rivojlantirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;
- sug'urta bozorida Kompaniya strategiyasini belgilash va kuchaytirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Kompaniya sug'urta xizmatlarini taqdim etish jarayoni bo'yicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish;
- aholi ehtiyojlaridan hamda bozorda ularni jadallashtirish usullaridan kelib chiqqan holda sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqish;
- sug'urta faoliyati va mrketing siyosati bo'yicha Kompaniyaning lokal va normativ hujjatlari ijrosi bo'yicha tarkibiy bo'linmalar faoliyati monitoringini o'tkazish;
- sug'urta shartnomalarini tuzish masalalarida Kompaniyaning boshqa bo'linmalari bilan hamkorlikda ishlash;
- xorijiy sug'urta bozorini o'rganish, tahlil qilish va sug'urtada xorijiy innovatsion texnologiyalarni qo'llash;
- sug'urta sohasida qonun loyihalari va qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqishda qatnashish;
- Kompaniya bo'linmalariga sug'urta masalalari bo'yicha uslubiy va axborot yordamini ko'rsatish;
- Kompaniya tarkibiy bo'linmalari faoliyatini belgilovchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
- Brend-menejment va marketing bo'yicha:
- marketing va reklama sohasida Kompaniyaning siyosatini kuchaytirish bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- sug'urta (iste'mol) bozori va raqobat muhitini monitoringini olib borish;
- bozorning umumiy holati va uning qatnashchilarini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha tadbirlar o'tkazish;
- sug'urta (iste'mol) bozorini va raqobat muhitini tadqiqotlar natijasiga ko'ra marketing siyosatini shakllantirishga qaratilgan tavsiyanomalar ishlab chiqish va tavsiyanomalarni amlaga oshirilishini ta'minlashda sotuvni amalga oshiruvchi (tarkibiy) bo'linmalar faoliaytini muvofiqlashtirish;
- sug'urta faoliyatining samaradorligi (turli xil mezonlar bo'yicha Kompaniyaning sug'urta bozoridagi ulushi va o'rni) va o'z raqobatbardoshligining ichki va tashqi ko'rsatkichlarini o'rganish va tahlil qilish;
- raqobatchilarning ish faolligi, ularning sug'urta bozoridagi o'rnini o'rganish, tahlil qilish va prognozlash;
- Kompaniya sug'urta mahsulotlarini sotishga yo'naltirilgan tadbirlar va aksiyalarda qatnashish va o'tkazishda hamda sug'urta mahsulotlariga bo'lgan mustahkam istemol ehtiyoj (talab)ini shakllantirish va rag'batlantirishda qatnashish;
- Kompaniyaning savdo belgisi va logotipni reklama qilish hamda brendni rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlash;
- marketing faoliyati sohasida Kompaniyaning filiallari faoliyatini tahlil qilish;
- reklama mahsulotlarining maket va eskizlarini tayyorlashda hamda marketing tadbirlari va reklama aksiyalarini o'tkazsihda kreativ va reklama agentliklari (kompaniyalari) bilan o'zaro ishlash;
- marketing va reklama tadbirlari budjetini tashkil qilish va ijrosini bajarish;
- sug'urta masalalri bo'yicha konferensiya, ko'rgazma, xalqaro uchrashuvlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni o'tkazish va tayyorlashda qatnashish;
- xorijiy sug'urta Kompaniyalarida Kompaniya xodimlari malakasini oshirish bo'yicha stajirovkalarni tashkillashtirishda ko'maklashish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (311)
Elektron pochta:
s.ivonin@alskom.uz