Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Xodimlarni boshqarish xizmati

Xizmat boshlig'i: v.v.b. Urunbayeva Aziza Hamdamovna

Bo'limning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • birlamchi hujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan shakllaridan kelib chiqqan holda TASHKILOTNING va uning bo'linmalarining shaxsiy tarkibi hisobini yuritadi;
  • mehnat qonunchiligi, TASHKILOT rahbarining nizom va buyruqlariga, hamda belgilangan boshqa hujjatlarga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, o'tkazish va ishdan ozod etishni rasmiylashtiradi;
  • Ishga qabul qilish paytida korxonadagi intizom to'g'risidagi nizomlar bilan, ish vaqti va dam olish vaqti bilan tanishtiradi, xizmat guvohnomalari hisobini yuritadi va tarqatadi;
  • texnik xavfsizlik, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong'inga qarshi muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari bo'yicha instruktajga jo'natadi;
  • ishchilarning shaxsiy ishlarini shakllantiradi va yuritadi, ularga mehnat faoliyati bilan bog'liq o'zgartirishlar kiritadi;
  • malakaviy, attestatsion, konkurs komissiyalariga zarur bo'lgan ma'lumotlarni tayyorlaydi,  xodimlarni rag'batlantirish va mukofotlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etadi; - mehnat daftarchalarini to'ldiradi, hisoblaydi va saqlaydi, mehnat staji hisobini ishlab chiqadi;
  • mehnat daftarchalarida ishlovchilarning rag'batlari va mukofotlari to'g'risida qaydlar qiladi;
  • boshqa tashkilotlarga taqdim etish uchun ishchilarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati to'g'risida ma'lumotnoma beradi;
  • mehnat daftarchalari va qo'shimcha varaqalarning qat'iy hisobini yuritadi;
  • mehnat daftarchalari va qo'shimcha varaqalarni qabul qilish va taqdim etishni amalga oshiradi;
  • TASHKILOT xodimlarining miqdoriy, sifat tarkibi to'g'risida axborotni va ularning ma'lumotlar banki harakari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadi, uning doimiy yangilanib borishi va to'ldirilishini kuzatib boradi;
  • ishchilarga mehnat ta'tili berilishi hisobini yuritadi, navbatdagi mehnat ta'tili grafigini tuzish va rioya qilinishini amalga oshiradi;
  • pensiya sug'urtasi kartochkalarini va TASHKILOTning ishchilari va ularning oilasiga nafaqa o'rnatish uchun zaruriy boshqa hujjatlarni, imtiyoz va kompensatsiya o'rnatilishini rasmiylashtiradi;
  • kadrlarning ketishi sabablari va harakarini o'rganadi, uni pasaytirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashadi;
  • arxivga saqlash uchun topshirish uchun belgilangan saqlash muddati tugashi bilan hujjatlarni tayyorlab qo'yadi;
  • TASHKILOT bo'linmalarida mehnat intizomi holati va ishchilarning ichki va mehnat tartibiga rioya qilishini ustidan nazorat olib boradi;
  • mehnat intizomi buzilganligi hisobini yuritadi va ma'muriyat, jamoat tashkilotlari hamda mehnat kollektivlari tomonidan tegishli choralarni o'z vaqtida ko'rilishini nazorat qiladi.
Telefon: +998 71 147-11-00 (103)
Elektron pochta: a.urunbayeva@alskom.uz