Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Majburiy sug'urta departamenti

Direktor: v.v.b. Masaliyev Qahramon Toshtemirovich

Departamentning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, xavfli ishlab chiqarish ob'ektida avariya yuz bergan taqdirda uchinchi shaxslarning hayoti, sog,lig,i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish va sug'urta turlari bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
  • potensial mijozlarning keng aholi qatlamlari orasida Kompaniyaning sug'urta xizmatlarini keng targ'ib qilish va amalga oshirish; - sug'urta to'lovlarini to'g'ri va haqqoniy hisoblanishini va sug'urta xizmatlari bo'yicha sug'urta qildiruvchilarga ma'lumot taqdim etilishini ta'minlash;;
  • sug'urta hujjatlarini to'g'ri rasmiylashtirilishini va ularning saqlanishini ta'minlash;
  • Departamentning, hamda Kompaniya filiallarining TVEFJMS amalga oshirish bo'yicha faoliyatini doimiy yuritish va tahlil qilib borish;
  • "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash" Jamg'armasi va Kompaniya rahabriyatiga hisoblarni taqdim etish; - Departament hamda hududiy filiallarning faoliyati natijalari to'g'risida o'z vaqtida hisobotlarni ta'minlash;
  • Sug'urta qildiruvchilardan kelib tushgan sug'urta da'volarini ko'rib chiqishda "Sug'urta da'volarini bartaraf etish" departamentiga ko'maklashish;
  • TVEFJMSQ bo'yicha Kompaniya filiallari tomonidan ko'rib chiqilgan sug'urta da'volari bo'yicha ekspertiza o'tkazish va takliflar tayyorlash;
  • hududiy filiallar xodimlarini, sug'urta agentlarini ishga qabul qilishda va o'qitishda qatnashish;
  • TVEFJMSQ bo'yicha Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari javobgar xodimlari bilan birgalikda agentlik tarmog'ini tashkil qilish va kengaytirish yo'li bilan sug'urta bozori infrastrukturasini rivojlantirish;
  • sug'urta bozorini tahlil qilish, Departament faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini izlash va o'rganish;
  • Kompaniya boshqaruv tizimi sifatini doimiy yaxshilash va samarali ishlashini ta'minlash;
  • hududiy filiallarga, agentlarga va Kompaniyaning maxsus sho'ba bo'linmalariga majburiy sug'urta shartnomalarini tuzishda ko'maklashish.
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • shartnoma hujjatlari rasmiylashtirilishini belgilangan tartib, shartlari, muddati va shakllariga riya qilish, hamda ichki va tashqi qonunchilik va normativ-huquqiy aktlarga so'zsiz rioya qilish;
  • Kompaniyaning соблюдение правил страхования Компании и договорно-правовой базы, методических, инструктивных и иных нормативно-правовых внутренних документов Компании, постоянное изучение и анализ внутренней правовой базы в целях наиболее ясного понимания свойств и особенностей предоставляемых страховых услуг;
  • Kompaniyaning sug'urta qoidalari va Kompaniya sug'urta xizmatlarining barcha turlari bo'yicha shartnomaviy-huquqiy bazasi, Kompaniyaning uslubiy, yo'riqnoma va boshqa ichki hujjatlariga rioya qilish, ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlarining  o'ziga xos xususiyatlarini yanada chuqurroq tushunish maqsadida ichki huquqiy bazani doimiy o'rganib borish va tahlil qilish;
  • sug'urta shartnomalari tuzishda risk darajasi, tarif stavkalari, aniq shartlarni belgilash;
  • TVEFJMSQ bo'yicha sug'urta polislarini sotilishini tashkillashtirish va amal qilish;
  • Sug'urta qildiruvchidan kelib tushadigan sug'urta tovonini (ta'minotini) to'lab berish to'g'risidagi arizalarni o'z vaqtida qabul qilsh va "Sug'urta da'volarini bartaraf etish" departamentiga topshirishda ko'maklashish va qatnashish;
  • TVEFJMSQni takomillashtirish bo'yicha "Sug'urta metodologiyasi, brend-menejment va marketing" departamenti bilan birgalikda taklif ishlab chiqish va rahbariyatga kiritish, uslubiy materiallarni tayyorlashda qatnashish va ko'maklashish, Kompaniyaning ichki huquqiy bazasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha asoslangan takliflarni berish;
  • keng aholi qatlamlari orasida sug'urtaning mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish va axborot-tushuntirish ishlarini tashkillashtirish, hamda Kompaniyaning faoliyati va ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari to'g'risida to'liq axborot berish;
  • TVEFJMSQ bo'yicha sug'urta tushumlarini tushirishda Kompaniyaning prognoz ko'rsatkichlarini ishlab chiqish va bajarish;
  • "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'ovlarni kafolatlash" Jamg'armasi va Kompaniya rahbariyatiga hisobot taqdim etish uchun Kompaniya filiallari bo'yicha TVEFJMSQ haqida umumiy ma'lumotlarni yig'ilishini amalga oshirish;
  • Kompaniyaning prognoz ko'rsatkichlarini to'g'irlashni o'tkazish;
  • Kompaniyaning, filiallarning, agentlarning va maxsus sho'ba tashkilotlarning sug'urta faoliyatini tashkillashtirishda zaruriy talablarni ishlab chiqish va qatnashish;
  • hududiy filiallar, agentlar va Kompaniyaning maxsus sho'ba tashkilotlari tomonidan sug'urta faoliyatining sifatli xizmatlari ko'rsatilishini yaxshilash bo'yicha tadbirlar va treninglar o'tkazish;
  • sug'urta, moliya va boshqa masalalarda Kompaniyaning boshqa bo'linmalari bilan o'zaro munosabatda bo'lish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (200)
Elektron pochta: q.masaliev@alskom.uz