Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Axborot risklarini sug'urtalash departamenti

Direktor:

Departamentning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  • axborot risklarini sug'urtalash boshqa sug'urta turlari bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
  • potensial mijozlar keng miqyosdagi aholisi o'rtasida Kompaniyaning sug'urta xizmatlarini keng targ'ibot qilish va sotuvini amalga oshirish;
  • sug'urta to'lovlarini to'g'ri va haqqoniy hisoblanishini ta'minlash hamda sug'urta qildiruvchilarga sug'urta xizmatlari haqida ma'lumot taqdim etish;
  • sug'urta hujjatlarini to'g'ri rasmiylashtirilishini va saqlanishini ta'minlash;
  • axborot tizimini axborot xavfsizligini ekspertizasini (auditini) o'tkazish, axborot sistemasining qiymatini va sug'urta hodisasi natijasida ularga yetkazilgan zararni baholash bo'yicha ekspert (auditorlik) tashkilotlari bilan o'zaro hamjihatlikda harakat qilish;
  • Kompaniyada amal qiluvchi tartib asosida axborot risklari sug'urtasi bo'yicha tuzilgan sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta hodisalarini bartaraf etish harakatlarini yuritish; - Departamentning joriy faoliyatida axborot xavflarini sug'urtalashni amalga oshirish bo'yicha shuningdek Kompaniyaning hududiy filiallari faoliyatini muntazam hisob va tahlilini olib borish;
  • Departamentning faoliyati natijalari haqida hisobotni o'z vaqtida ta'minlab borish;
  • sug'urta bozorini tahlil qilish, Departamentning faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini qidirish va ushbu yo'nalishda hamkorlik qilish maqsadida potensial sug'urta qildiruvchilarni jalb qilish asosida axborot riasklarini sug'urtalash bo'yicha xizmatlarni takomillashtirish;
  • Kompaniyaning boshqaruv tizimi sifatini doimiy yaxshilash va samarali ish olib borishini ta'minlash;
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • axborot risklari sug'urtasi shartlarini belgilovchi kelishuvlarni olib borish;
  • axborot risklari sug'urtasi bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • sug'urta ob'ektini sug'urtalashdan oldin monitoringini o'tkazish va olingan ma'lumotlarni tahlil qilish asosida sug'urta shartlarini ishlab chiqadi;
  • ariza beruvchining (sug'urta qildiruvchi) aniq talabnomasiga ko'ra axborot tizimlarini axborot risklardan eksperizasini (auditini) o'tkazish maqsadida ma'lumotlarni tayyorlash hamda zarur hollarda ekspert (auditorlik) tashkilotlari bilan hamjihatlikda harakat qilish;
  • ekspert (auditorlik) tashkilotlari tomonidan o'tkazilgan ekspertiza (audit)dan olingan natijalarga ko'ra tavsiyalarni ko'rib chiqish va amalga oshirish;
  • axborot risklarini sug'urtalash bo'yicha sug'urta shartnomalarini tuzish; - axborot risklarini sug'urtalash bo'yicha monitoringini (hisobini) yuritish;
  • axborot risklarini sug'urtalash bo'yicha Kompaniyaning mijozlari tomonidan bildirilgan da'volarni malakali ko'rib chiqish uchun ma'lumotlarni qidirish, yig'ish, xulosa va boshqa hujjatli ma'lumotlarni va axborotni yig'ish;
  • ekspert tashkilotlarni jalb qilgan holda sug'urtalangan ob'ektlarga yetkazilgan zararni baholash;
  • Kompaniyaning sug'urta da'volarini ko'rib chiqish Komissiyasi (keyinchalik - "Komissiya")ga ko'rib chiqish va taqim etish uchun ma'lumotlarni tayyorlash;
  • Komissiyaning qarorlari, har bir ko'rilgan hodisa bo'yicha sug'urta dalolatnomalari (sug'urta tovonini to'lash yoki to'lashda rad etish)ni ijrosi bajarilishini va ularni ijrosi hisobini yuritilishini nazorat qilib borish;
  • shartnomaviy hujjatlarning rasmiylashtirish shakllari, tartibi, shartlari va muddatlariga rioya qilish, shuningdek, ichki va tashqi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga qat'iy amal qilish;
  • Kompaniyaning sug'urta qoidalari va shartnomaviy-huquqiy baza, uslubiy, instruktiv va Kompaniyaning boshqa ichki normativ-huquqiy hujjatlariga amal qilish, ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlarining  o'ziga xos xususiyatlarini yanada chuqurroq tushunish maqsadida ichki huquqiy bazani doimiy o'rganib borish va tahlil qilish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (441)