Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Yuridik xizmat

Boshliq: Dusmetov Zokir Kurbanbayevich

Xizmatning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  • Kompaniya, uning tarkibiy bo'linmalari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligini ta'minlashda qatnashish;
  • Kompaniya uning tarkibiy bo'linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish;
  • Kompaniya va uning tarkibiy bo'linmalari mulkini saqlashni huquqiy voistalar bilan ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkillashtirish;
  • Kompaniyada shartnomaviy-huquqiy va da'vo-shikoyat ishlarini yuritishda qatnashish;
  • sudlarda va boshqa idoralarda Kompaniyaning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.
Xizmatning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  1. qonuniylikni ta'minlash va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
    • Kompaniya rahbariyatiga taqdim etiladigan, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa huquqiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini qonunchilikka rioya qilinishida tekshiradi va kamchiliklar va takliflar bo'malagan taqdirda ularni imzolaydi Bunda ushbu loyihalar Kompaniyaning boshqa tarkibiy bo'linmalaridan (xodimlari) so'ng Xizmat tomonidan imzolanadi;
    • Kompaniyada va uning tarkibiy bo'linmalarida huquqbuzarliklar haqida ogohlantirish va oldini olish bo'yicha takliflar kiritadi;
    • Kompaniyada mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini ta'minlashda, hamda mehnat huquqiy munosabatlarini (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi va boshqalar) tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu loyihalarni qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi va huquqiy xulosasini beradi;
    • Kompaniya faoliyati bilan bog'liq hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
    • Kompaniya xodimlariga ularning vakolatlarini bajarishda professional uyushmalar va boshqa muassasa organlariga yuridik yordam ko'rsatadi;
    • Kompaniya va uning xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishda tadbirlarni tashkillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi, va bu tadbirlarni o'tkazilishida qatnashadi;
    • Kompaniya faoliyatiga bog'liq huquqiy hujjatlarni izlashda Kompaniya xodimlariga ularning so'rovlariga ko'ra yordam ko'rsatadi, zarur hollarda ularning holatini tushuntiradi.
  2. mulkni saqlashni huquqiy vositalar bilan ta'minlash sohasida:
    • qonunchilkka rioya qilinishida mulkni saqlash masalalari bo'yicha huquqiy xarakterdagi hujjatlarni loyihalarini tekshiradi va ularni tayyorlashda qatnashadi;
    • boshqa tarkibiy bo'linmalar bilan birgalikda mulkni o'g'irlanishi sharoitlari va sabablarini, Kompaniyada yetishmovchilikni va ishlab chiqarishga kirmaydigan xarajatlarni yuzaga kelishini o'rganadi va ularini bartaraf etish choralarini ko'radi, mulkni o'g'irlanishi va yetishmovchiligi faktlari bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlariga materiallar yuborish uchun tayyorlaydi;
    • moddiy boyliklar va pul mablag'larini hisobdan chiqarish to'g'risida hamda huquqbuzarliklar va suiste'mol qilishlar aniqlangan inventarizatsiya dalolatnomalari va auditorlik tekshiruvlari bo'yicha hujjatlar loyihasiga huquqiy xulosalar beradi.
  3. shartnomaviy-huquqiy, da'vo-shikoyat ishlari va huquqiy himoyalash sohasida:
    • boshqa bo'linmalar bilan birgalikda shartnomalarni tayyorlash va tuzishda Kompaniya ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka mos kelishini tekshiradi va kamchilik va takliflar bo'lmagan taqdirda shartnoma loyihalarini imzolaydi. Bunda, loyihalar Kompaniyaning boshqa vakolatli tarkibiy bo'linma (xodim)laridan so'ng Xizmat tomonidan imzolanadi;
    • qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz minimal hajmidan oshgan summalar bo'yicha shartnomalarga huquqiy xulosalar tayyorlaydi va imzolaydi;
    • Kompaniya tomonidan tuzilgan shartnomalarning tegishli ijrosini tuzish, bajarish, o'zgartirishlar kiritish va bekor qilish tartibiga rioya qilinishini nazoratini amalga oshiradi;
    • Kompaniya manfaatlarini himoya qilish va Kompanniyaga bildirilgan da'volarni ko'rib chiqish bo'yicha da'volarni tayyorlashda qatnashadi, Kompaniyada da'volarni bildirish va ko'rib chiqish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
    • tegishli bo'linmalar bila birgalikda Kompaniyaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o'rganadi, ularning hajmini kamaytirish choralarini ko'radi; - shartnoma munosabatlaridan kelib chiquvchi kelishmovchiliklar bo'yicha da'vo ishlarini yuritadi;
    • Kompaniyaning mulkiy va boshqa manfaatlarini va o'rnatilgan tartibda sud majlislarida huquqiy himoya qilish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlashda qatnashadi; - tarkibiy bo'linmalarning huquqiy ishida uslubiy yordam ko'rsatadi, Xizmatning faoliyati yo'nalishlari bo'yicha tavsiyanomalar va ko'rsatmalarni ishlab chiqadi;
    • regress talablarni (aybdor shaxsdan talab qilish huquqi) amalga oshiradi yoki aybdor shaxslardan regress talabni amalga oshirish uchun chetdan shaxslarni (advokatlarni) jalb qiladi;
    • qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni bajaradi.
Telefon: +998 71 147-11-00 (104)
Elektron pochta: z.dusmetov@alskom.uz