Direktor: Xasanov Ulug'bek Farhod o'g'li
Departamentning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Qonunchilikka muvofiq Kompaniyaning sug'urta portfelini yuritishni ta'minlash;
- Qonunchilikka muvofiq sug'urta zaxiralari shakllantirilishini ta'minlash;
- Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida qayta sug'urta operatsiyalarini amalga oshirilishini va ular bo'yicha hisobini yuritilishini ta'minlash;
- Statistik hisobotlarni yuritilishini ta'minlash va boshqaruv hisobotini yuritish uchun Kompaniya rahbariyati hamda departamaentlarni ma'lumotlar bilan ta'minlash;
- Ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasi tizimini yuritish;
- Sug'urta zaxiralari hisob-kitobini va ularning hisobini yuritish bo'yicha hujjat almashuvini takomillashtirish;
- Sug'urta portfelini va sug'urta zaxiralari hisobini yuritish maqsadida hisobotlarni tayyorlash va topshirish masalasida filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Tashqi ish aloqalarini tashkillashtirish va rivojlantirish;
- Kompaniya boshqaruvi organining boshqa qarorlarini bajarish.
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
- Kompaniyaning sug'urta portfelini shakllantirish va filiallar tomonidan sug'urta hisobotlarini to'g'ri tuzilishini nazorat qilish;
- Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari tomonidan taqdim etiladigan birlamchi hujjatlar va hisobotlarni yig'ish va saqlash;
- Majburiyatlarning chegaraviy miqdoridan oshadigan qismini topish va qayta sug'urtaga berilishini ta'minlash maqsadida Kompaniyaning qabul qilingan majburiyatlarini monitoringini yuritish;
- Kompaniyaning yig'ma hisobotlarini, davriy statistik va sug'urta hisobotlarini tuzish hamda o'rnatilgan tartibda vakolatli organlarga topshirish;
- Sug'urta portfelini, normativ va boshqa ko'rsatkichlarni tahlil qilish, Kompaniyaning sug'urta faoliyati ko'rsatkichlari o'zgarishining dinamikasini o'rganib borish;
- Sug'urta portfelining muvozanatliligi, mijozlar bazasining rivojlanishi va barqarorligi, qayta sug'urta siyosati va shu kabi boshqa yo'nalishlarni faktor tahlil qilish asosida Kompaniyaning turg'unligini baholash;
- Sug'urta shartnoma (polis)larini tuzish bo'yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini tekshirish va Bosh ofisning sug'urta agentlariga agentlik mukofotlari to'lovini to'lash to'g'risida farmoyishlarni tayyorlash, shuningdek to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomalari bo'yicha Kompaniya xodimlarini mukofotlash uchun birlamchi hujjatlarni tekshirish.
- Kompaiyaning Direktorlar kengashida qatnashish va takliflar tayyorlash;
- Departamentga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun muhim bo'lgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (224)
Elektron pochta:
u.hasanov@alskom.uz