Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug’urta Kompaniyasi AJ 12-emissiya aksiyalari to’liq joylashtirildi

1 February 2017     «ALSKOM»  Sug’urta Kompaniyasi AJ 2017 yil 28 dekabrdagi Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab, bir yil mobaynida joylashtirish sharti bilan nominal qiymati 1380 so’m miqdoridagi 2 000 000 dona aksiya chiqarish yo`li bilan Kompaniya ustav fondini 7 917 554 040 so’mdan 10 677 554 040 so’mgacha oshirish belgilangan edi. Shu munosabat bilan 2016 yil 27 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi qoshidagi Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan № РО170-12 bilan ro’yxatdan o’tgan aktsiyalar emissiyasi Risolasi va qo'shimcha chiqarilgan aksiyalar to'g'risidagi Qarori tasdiqlangan.
    2017 yil 26 yanvarda ushbu chiqarilgan aksiyalar Qo'shimcha chiqarilgan aksiyalar to'g'risidagi Qarorida belgilangan muddatda to’liq joylashtirildi. 2017 yil 26 yanvar holatiga «ALSKOM»  SK AJning ustav kapitali to`liq shakllantirilgan va 10 677 554 040 so’mni tashkil etadi.

Возврат к списку