Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qiladi

29 March 2017    Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109-uy manzili bo'yicha joylashgan (elektron pochta manzili: info@alskom.uz, veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2017 yil 10 aprel soat 10:30da Toshkent sh., Amir Temur shox ko'chasi, 4 manzilda joylashgan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazadi.
   Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 09:30da boshlanadi.
   Aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2017 yil 13 mart.
   Aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2017 yil 4 aprel.

   Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. 12-emissiya aksiyari to’liq joylashtirilgani munosabati bilan Kompaniya Kuzatuv kengashi a’zolariga to’lanadigan mukofot miqdorini tasdiqlash.
3. Korporativ boshqaruv Kodeksi tavsiyalariga amal qilish majburiyatini olish va axborot berish shaklini tasdiqlash to’g’risida.
4. “ALSKOM” SK AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
5. “ALSKOM” SK AJ Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
6. “ALSKOM” SK AJ Kuzatuv kengashi to’g’risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
7. “ALSKOM” SK AJ Ijroiya organi to’g’risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
8. “ALSKOM” SK AJ Taftish komissiya to’g’risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
9. “ALSKOM” SK AJ dividend siyosati to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash.
10. “ALSKOM” SK AJ manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash.
11. “ALSKOM” SK AJning ichki nazorati to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash.
12. Kompaniyaning o’rta va uzoq muddatga rivojlanish Strategiyasini tasdiqlash.
13. Kompaniya tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

   Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida o'z vakolatingizni amalga oshirishingiz uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat va egallab turgan lavozimga tayinlanganilik to'g'risida buyruq yoki boshqa rasmiy hujjat nusxasini taqdim etishingiz so'raladi.
   Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro'yxatdan o'tish vaqtida o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi lozim.
   Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lishi zarur.

   «ALSKOM» SK AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorlangan axborotlar ushbu xabarnomaga ilova qilinadi.

Возврат к списку