Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» sug'urta kompaniyasi AJ Korporativ boshqaruv Kodeksi tafsiyalariga amal qilish majburiyatini qabul qildi

18 April 2017     2017 yil 10 aprelda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari  umumiy yig'ilishida Kompaniya 2017 yil 1 iyuldan Korporativ boshqaruv kodeksini tafsiyalariga amal qilish majburiyatini qabul qilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.

    Shuningdek, Kodeks tavsiyalariga amal qilish  majburiyatini qabul qilishi to'g'risida qaror qabul qilinganligi munosabati bilan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi: yangi tahrirdagi “ALSKOM” SK AJning Ustavi, yangi tahrirdagi “ALSKOM” SK AJning “Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi to’g’risidagi” Nizomi, yangi tahrirdagi “ALSKOM” SK AJning “Kuzatuv kengashi to’g’risidagi” Nizomi, yangi tahrirdagi “ALSKOM” SK AJning “Ijroiya organi to’g’risidagi” Nizomi, yangi tahrirdagi “ALSKOM” SK AJning “Taftish komissiya to’g’risidagi” Nizomi, “ALSKOM” SK AJning “Dividend siyosati to’g’risidagi” Nizomi, “ALSKOM” SK AJning “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g’risidagi” Nizomi, “ALSKOM” SK AJning “Ichki nazorati to’g’risidagi” Nizomi, Kompaniyaning o’rta va uzoq muddatga rivojlanish Strategiyasi va Kompaniya tashkiliy tuzilmasi.

Возврат к списку