Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi baholash tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi

27 June 2017

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi tashkilotning ustav fondidagi Kompaniyaning ulushini baholash uchun baholash tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan ishtirokchilarning takliflarida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi lozim:

• tashkilotning to'liq nomi;

• davlat ro'yxatiga olingan raqami va sanasi;

• litsenziya berilgan sanasi va raqami;

• sug'urtaviy himoyalanganligi (sug'urta polisining raqami va sanasi, sug'urta summasi);

• baholash faoliyatini o'tkazish ishlarining qiymati.

Takliflar Toshkent shahar, 100202, Amir Temur ko'chasi, 109 uy manziliga, faks bo'yicha 147-22-00 raqamiga yoki elektron manzilga (info@alskom.uz) jo'natilishi lozim.


Возврат к списку