Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJda tarkibiy bo'linmalar ishtirokida 2018 yilning I chorak yakunlari faoliyati ko'rib chiqildi

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJda tarkibiy bo'linmalar ishtirokida 2018 yilning I chorak yakunlari faoliyati ko'rib chiqildi
11 April 2018

2018 yil 10 aprel kuni «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJda barcha tarkibiy bo'linmalar ishtirokida 2018 yilning I chorak yakunlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda sug'urta tushumlari reja ko'rsatkichining bajarilishi, Kompaniya departamentlari faoliyati, hududiy filiallarning keyingi chorakdagi ustuvor vazifalari hamda barcha hududiy filiallarda joriy etilgan o'zini-o'zi moliyalashtirish tartibini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, bundan tashqari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.   

Kompaniya tomonidan 2018 yil I chorak davomida jami yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 115% ga o'sish ko'rsatkichini ko'rsatdi. Tuzilgan sug'urta shartnomalari soni 80 ming donani tashkil qilishi, Kompaniyaning sug'urta sohasidagi faoliyati kengayishi va mijozlar safini ko'payishi natijasidir. 

Bundan tashqari, yig'ilishda Kompaniya hududiy filiallari faoliyatini yanada yaxshilash, xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hamda Kompaniya faoliyatini rivojlantirishga taalluqli boshqa masalalar ko'rib chiqildi. 

Yig'ilishda ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabil qilindi. 

 



Возврат к списку