Bugungi kunda Kompaniyaning ustav fondi 40 mlrd.so'mni tashkil etadi.
Kompaniya аksiyadorlari:
Kompaniyaning аsosiy faoliyati sohasi sug'urta xizmatlarini ko'rsatishdan iborat.
Коmpaniyaning asosiy mаqsadi:
- O'zbekiston Respublikasi hududida sug'urta mahsulotlari va dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- yirik sug'urta loyihalarida ishtirok etish;
- qayta sug'urtalashni amalga oshirish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning sug'urta xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish;
- xo'jalik yurituvchi shaxslar bilan sug'urta sohasida hamkorlik qilish.
Коmpaniya missiyasi biznesni ezgulik va tinchlik yo'lida amalga oshirish hisoblanadi.
Коmpaniya qarashi – оmmabop sug'urta xizmatlarini ko'rsatish yo'li bilan, shuningdek, o'zining texnik va texnologik yangilanishi bo'yicha biznesni yuritish va ishonchlilikning yuqori standartlari asosida sug'urtani rivojlanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida o'z aktivlarini samarali boshqarilishini ta'minlaydigan O'zbekiston sug'urta bozorida asosiy moliya-investitsiyaviy tashkilot.
Коmpaniyaning strategik maqsadi - to'g'ri va halol raqobat sharoitida respublikamiz sug'urta kompaniyalari o'rtasidagi yetakchi o'rinlarni saqlab qolish va o'zini ishonchli, munosib strategik sherik sifatida ma'lum qilish;
Аlohida yondashuv - har bir mijoz ehtiyojidan kelib chiqqan holda, alohida yondashuv asosida kompleks shakldagi va sifatli xizmatlarni ko'rsatish;
Кеng turdagi sug'urta xizmatlari - mumkin qadar ko'p miqdordagi mijozlar ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan maqbul narxlarda keng turdagi sug'urta mahsulotlari bilan ta'minlash;
Ishonchlilik - оqilona risklar siyosatini olib borish orqali sug'urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligi bilan ta'minlash.