Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Sug'urta metodologiyasi, brend-menejment va marketingi departamenti

Direktor: v.v.b. Ivonin Sergey Viktorovich

Departamentning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
  • Kompaniya sug'urta faoliyatini tashkillashtirish va rivojlantirish bo'yicha uslub va metodologiyasini belgilash;
  • Kompaniya tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifatini yaxshilash;
  • sug'urta bozorida Kompaniya o'rnini kuchaytirish va imidjini oshirish;
  • Kompaniyaning amaliy va samarali marketing siyosatini olib borish;
Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  1. Metodologiya bo'yicha:
    • Kompaniya sug'urta xizmatlrini rivojlantirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;
    • sug'urta bozorida Kompaniya strategiyasini belgilash va kuchaytirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;
    • Kompaniya sug'urta xizmatlarini taqdim etish jarayoni bo'yicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish;
    • aholi ehtiyojlaridan hamda bozorda ularni jadallashtirish usullaridan kelib chiqqan holda sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqish;
    • sug'urta faoliyati va mrketing siyosati bo'yicha Kompaniyaning lokal va normativ hujjatlari ijrosi bo'yicha tarkibiy bo'linmalar faoliyati monitoringini o'tkazish;
    • sug'urta shartnomalarini tuzish masalalarida Kompaniyaning boshqa bo'linmalari bilan hamkorlikda ishlash;
    • xorijiy sug'urta bozorini o'rganish, tahlil qilish va sug'urtada xorijiy innovatsion texnologiyalarni qo'llash;
    • sug'urta sohasida qonun loyihalari va qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqishda qatnashish;
    • Kompaniya bo'linmalariga sug'urta masalalari bo'yicha uslubiy va axborot yordamini ko'rsatish;
    • Kompaniya tarkibiy bo'linmalari faoliyatini belgilovchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
  2. Brend-menejment va marketing bo'yicha:
    • marketing va reklama sohasida Kompaniyaning siyosatini kuchaytirish bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • sug'urta (iste'mol) bozori va raqobat muhitini monitoringini olib borish;
    • bozorning umumiy holati va uning qatnashchilarini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha tadbirlar o'tkazish;
    • sug'urta (iste'mol) bozorini va raqobat muhitini tadqiqotlar natijasiga ko'ra marketing siyosatini shakllantirishga qaratilgan tavsiyanomalar ishlab chiqish va tavsiyanomalarni amlaga oshirilishini ta'minlashda sotuvni amalga oshiruvchi (tarkibiy) bo'linmalar faoliaytini muvofiqlashtirish;
    • sug'urta faoliyatining samaradorligi (turli xil mezonlar bo'yicha Kompaniyaning sug'urta bozoridagi ulushi va o'rni) va o'z raqobatbardoshligining ichki va tashqi ko'rsatkichlarini o'rganish va tahlil qilish;
    • raqobatchilarning ish faolligi, ularning sug'urta bozoridagi o'rnini o'rganish, tahlil qilish va prognozlash;
    • Kompaniya sug'urta mahsulotlarini sotishga yo'naltirilgan tadbirlar va aksiyalarda qatnashish va o'tkazishda hamda sug'urta mahsulotlariga bo'lgan mustahkam istemol ehtiyoj (talab)ini shakllantirish va rag'batlantirishda qatnashish;
    • Kompaniyaning savdo belgisi va logotipni reklama qilish hamda brendni rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlash;
    • marketing faoliyati sohasida Kompaniyaning filiallari faoliyatini tahlil qilish;
    • reklama mahsulotlarining maket va eskizlarini tayyorlashda hamda marketing tadbirlari va reklama aksiyalarini o'tkazsihda kreativ va reklama agentliklari (kompaniyalari) bilan o'zaro ishlash;
    • marketing va reklama tadbirlari budjetini tashkil qilish va ijrosini bajarish;
    • sug'urta masalalri bo'yicha konferensiya, ko'rgazma, xalqaro uchrashuvlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni o'tkazish va tayyorlashda qatnashish;
    • xorijiy sug'urta Kompaniyalarida Kompaniya xodimlari malakasini oshirish bo'yicha stajirovkalarni tashkillashtirishda ko'maklashish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (311)
Elektron pochta: s.ivonin@alskom.uz