Shrift o‘lchami: A A
Sayt rangi: A A

Ташкилий тузилма

Sug'urta zaxiralari departamenti

Direktor: Xasanov Ulug'bek Farhod o'g'li

Departamentning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Qonunchilikka muvofiq Kompaniyaning sug'urta portfelini yuritishni ta'minlash;
  • Qonunchilikka muvofiq sug'urta zaxiralari shakllantirilishini ta'minlash;
  • Kompaniyaning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida qayta sug'urta operatsiyalarini amalga oshirilishini va ular bo'yicha hisobini yuritilishini ta'minlash;
  • Statistik hisobotlarni yuritilishini ta'minlash va boshqaruv hisobotini yuritish uchun Kompaniya rahbariyati hamda departamaentlarni ma'lumotlar bilan ta'minlash;
  • Ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasi tizimini yuritish;
  • Sug'urta zaxiralari hisob-kitobini va ularning hisobini yuritish bo'yicha hujjat almashuvini takomillashtirish;
  • Sug'urta portfelini va sug'urta zaxiralari hisobini yuritish maqsadida hisobotlarni tayyorlash va topshirish masalasida filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Tashqi ish aloqalarini tashkillashtirish va rivojlantirish;
  • Kompaniya boshqaruvi organining boshqa qarorlarini bajarish.

Departamentning funksiyalariga quyidagilar kiradi:

  • Kompaniyaning sug'urta portfelini shakllantirish va filiallar tomonidan sug'urta hisobotlarini to'g'ri tuzilishini nazorat qilish;
  • Kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari tomonidan taqdim etiladigan birlamchi hujjatlar va hisobotlarni yig'ish va saqlash;
  • Majburiyatlarning chegaraviy miqdoridan oshadigan qismini topish va qayta sug'urtaga berilishini ta'minlash maqsadida Kompaniyaning qabul qilingan majburiyatlarini monitoringini yuritish;
  • Kompaniyaning yig'ma hisobotlarini, davriy statistik va sug'urta hisobotlarini tuzish hamda o'rnatilgan tartibda vakolatli organlarga topshirish;
  • Sug'urta portfelini, normativ va boshqa ko'rsatkichlarni tahlil qilish, Kompaniyaning sug'urta faoliyati ko'rsatkichlari o'zgarishining dinamikasini o'rganib borish;
  • Sug'urta portfelining muvozanatliligi, mijozlar bazasining rivojlanishi va barqarorligi, qayta sug'urta siyosati va shu kabi boshqa yo'nalishlarni faktor tahlil qilish asosida Kompaniyaning turg'unligini baholash;
  • Sug'urta shartnoma (polis)larini tuzish bo'yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini tekshirish va Bosh ofisning sug'urta agentlariga agentlik mukofotlari to'lovini to'lash to'g'risida farmoyishlarni tayyorlash, shuningdek to'g'ridan-to'g'ri sug'urta shartnomalari bo'yicha Kompaniya xodimlarini mukofotlash uchun birlamchi hujjatlarni tekshirish.
  • Kompaiyaning Direktorlar kengashida qatnashish va takliflar tayyorlash;
  • Departamentga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun muhim bo'lgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Telefon: +998 71 147-11-00 (224)
Elektron pochta: u.hasanov@alskom.uz