“ALSKOM” Sug'urta Kompaniyasi AJ Kuzatuv Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, Kompaniyaning “NANO LIZING KOMPANIYASI” MCHJ ustav fondidagi nominal qiymati 622 743 600 so'm bo'lgan, 8,26% lik ulushni xolis baholovchi tomonidan bozor qiymati 706 162 937,00 (yetti yuz olti million bir yuz oltmish ikki ming to'qqiz yuz o'ttiz yetti) so'm miqdorda baholangan narxda sotayotganligini ma'lum qiladi.
2017 yil 29 iyun kuni bo'lib o'tgan «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishida 2016 yil yakunlari bo'yicha dividendlar to'lovlari to'g'risida qaror qabul qilingan:
Sug'urta da'volarini bartaraf etish – sug'urta tashkiloti faoliyatining eng mas'uliyatli yo'nalishi hisoblanadi va shunga qarab mijozlar uning ishonchliligi va to'g'riligi haqida xulosa qiladilar. Aynan shuning uchun Kompaniya sug'urta hodisalari bo'yicha sug'urta da'volarini bartaraf etish chog'ida haqqoniylik va tezkorlik tamoyillariga tayangan holda mijozlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratadi.
2017 yil 06 iyulda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Qahqadaryo filiali va «Kapital Sug’urta» AJ bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida joylashgan «Sho'rtangazkimyo» majmuasida rahbariyat hamkorligida ishchi xodimlar o'rtasida "Sug'urta maktabi" loyihasi asosida seminar tashkil etildi.
Mamlakatimizning barqaror rivojlanishida ro'y berishi mumkin bo'lgan qaltisliklardan himoyalashda sug'urta tizimining ahamiyati kattadir. Sug'urta tizimidagi vazifalarni amalga oshirishda sug'urta tashkilotlarining iqtisodiyotdagi rolining kun sayin ortib borishi kuzatilmoqda.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidа”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtotransport egalariga yetkazilgan zararni o’z vaqtida qoplash maqsadida, «ALSKOM» sug’urta kompaniyasi tomonidan 2017 yil 1-yarim yilligida ma’lum ishlar amalga oshirildi.