Mamlakatimizning barqaror rivojlanishida ro'y berishi mumkin bo'lgan qaltisliklardan himoyalashda sug'urta tizimining ahamiyati kattadir. Sug'urta tizimidagi vazifalarni amalga oshirishda sug'urta tashkilotlarining iqtisodiyotdagi rolining kun sayin ortib borishi kuzatilmoqda.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidа”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtotransport egalariga yetkazilgan zararni o’z vaqtida qoplash maqsadida, «ALSKOM» sug’urta kompaniyasi tomonidan 2017 yil 1-yarim yilligida ma’lum ishlar amalga oshirildi.
2017 yil 29 iyunda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning umumiy aksiyadorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bunda Kompaniya faoliyatining 2016 yil yakunlari hamda 2017 yilda uni rivojlantirish yo'nalishlari va vazifalari ko'rib chiqildi.
«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi tashkilotning ustav fondidagi Kompaniyaning ulushini baholash uchun baholash tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
SAIPRO axborot-reyting agentligi 2016 yil yakunlariga ko'ra «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasining reytingini «uzА+» (Juda yuqori moliyaviy ishonchlilik) darajasida tasdiqladi.
"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi Samarqand filiali tarkibida "TAYLOQ" bo'linmasi tashkil etildi. Bu aholiga sifatli sug'urta xizmatlari ko'rsatishni yanada kengaytirish imkoniyatini beradi.