“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidа”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtotransport egalariga yetkazilgan zararni o’z vaqtida qoplash maqsadida, «ALSKOM» sug’urta kompaniyasi tomonidan 2017 yil 1-yarim yilligida ma’lum ishlar amalga oshirildi.
2017 yil 29 iyunda «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi AJning umumiy aksiyadorlar yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bunda Kompaniya faoliyatining 2016 yil yakunlari hamda 2017 yilda uni rivojlantirish yo'nalishlari va vazifalari ko'rib chiqildi.
«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi tashkilotning ustav fondidagi Kompaniyaning ulushini baholash uchun baholash tashkilotini tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
SAIPRO axborot-reyting agentligi 2016 yil yakunlariga ko'ra «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasining reytingini «uzА+» (Juda yuqori moliyaviy ishonchlilik) darajasida tasdiqladi.
"ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi Samarqand filiali tarkibida "TAYLOQ" bo'linmasi tashkil etildi. Bu aholiga sifatli sug'urta xizmatlari ko'rsatishni yanada kengaytirish imkoniyatini beradi.
Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109-uy manzili bo'yicha joylashgan «ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2017 yil 29 iyun soat 10:00da Toshkent sh., A. Navoiy ko'chasi, 28A manzilda joylashgan Aloqa tarixi muzeyida aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishini o'tkazadi.